Oʻzbekiston Janubiy Uralga meva va sabzavot yetkazib beruvchi asosiy eksportchi davlatga aylandi

20:37 07 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1235 0

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori oʻrinbosari Sergey Sushkov Oʻzbekistondan import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini “ekologik toza” deb atadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

«Rosselxoznadzor» maʼlumotiga asoslanib «Verstov.info» internet portalining yozishicha, joriy yilning 8 oyi davomida Chelyabinsk viloyatiga 13 ming tonnadan ortiq hoʻl meva, 2 ming 800 tonna qovun-tarvuz va 9 ming 400 tonnaga yaqin sabzavot yetkazib berilgan. Bundan tashqari, Janubiy Uralga qariyb 6 ming tonna kungaboqar va oshqovoq urugʻi, 900 tonnadan ziyod quritilgan sabzavot va ziravorlar, ming tonnadan ortiq yeryongʻoq, 130 tonnaga yaqin quritilgan meva keltirilgan.

Maʼlum qilinishicha, mevalar umumiy miqdorining 40 foizi, sabzavotlarning 30 foizi, ziravorlarning 50 foizi Oʻzbekistondan import qilingan. Rossiyaliklar qovun-tarvuz faqat Oʻzbekistondan keltirilganini alohida qayd etgan. Shuningdek, maʼlumotlarda Oʻzbekiston Chelyabinsk viloyatiga oʻrik, shaftoli, olma, olxoʻri, gilos, uzum, xurmo va anor eksport qilgan. Bundan tashqari, qalampir, pomidor, piyoz, sarimsoq, zanjabil, baqlajon va boshqa sabzavotlar ham keltirilgani taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер