Oʻzbekiston “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish yoʻlini qatʼiy davom ettiradi

13:01 27 Aprel 2023 Siyosat
681 0

Davlatimiz rahbari xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi yangi imkoniyatlarni sanab oʻtdi.

Oʻzbekiston “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish yoʻlini qatʼiy davom ettiradi.

Ayniqsa, “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren” kabi jahonning eng nufuzli kompaniyalari mamlakatimizda yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirmoqda. Shu yilning oʻzida 2 ming megavattdan ziyod, keyingi yilda esa 8 ming megavattli quvvatlar ishga tushadi.

“Yashil iqtisodiyot” sanoatning yangi yoʻnalishlarini ham olib kelmoqda. Quyosh panellari, shamol turbinalari, invertor va boshqa elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar barpo etilmoqda. Bu – investorlar uchun 8 milliard dollarlik imkoniyat, degani.

Davlatimiz rahbari sarmoyadorlarni shu kabi loyihalarni amalga oshirishga taklif qildi va buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер