Oʻzbekiston yana bir xalqaro turnirga mezbonlik qildi
Oʻzbekistonda sportning ITKF karate-do turi boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.
“Ushbu xalqaro turnir: 6-8 yosh – bolalar va qizlar, 9-13 yosh – yoshlar va qizlar, 14-18 yosh – oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda mamlakatingizda 5 ming nafardan ziyod sportchilar ushbu sport turi bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻzbekiston bundan oldin ham 1-marta jahon va 4-marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. “ITKF Asia Oceania” prezidenti Ibrahim Al-Bakr ham ishtirok etmoqda”, deydi ITKF karate-do Prezidenti Shuhrat Kushmuratov.
Turnirda umumiy hisobda:
1-oʻrin Toshkent viloyati
2-oʻrin Samarqand viloyati
3-oʻrin Jizzax viloyati va Toshkent shahri jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring