Oʻzbekiston yana beshta davlatga achchiq qalampir eksport qilishi mumkin. Ularning soni yana koʻpayadi
«Oʻzdavkarantin» inspeksiyasi achchiq qalampir eksporti uchun yangi bozorlar ochilganini eʼlon qiladi. Endilikda ushbu mahsulotni Xitoy, Iordaniya, Gana, Marokash, Myanma davlatlariga eksport qilish imkoniyati mavjud. Hindiston, Koreya, Yaponiya, Filippin, Eron, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Pokiston, Tailand, Indoneziya va Bangladesh davlatlariga achchiq qalampir eksporti uchun ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu haqda Inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring