Oʻzbekiston Vengriyaga yarim millionta tibbiy niqob yetkazib berdi

12:13 19 Aprel 2020 Jamiyat
883 0

Vengriya Oʻzbekistondan 500 ming dona tibbiy niqob oldi. Bu haqda ushbu davlat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Niqoblar Boku shahriga yetkazilgan boʻlib, ularni olib kelish uchun Budapeshtdan Bokuga samolyot uchib kelgan.

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan videokonferensiyada Vengriya hukumati nomidan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda koʻrsatilgan gumanitar yordam uchun Oʻzbekistonga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Siyyarto, shuningdek, Vengriya oʻzbekistonlik talabalar uchun mamlakat oliygohlaridagi stipendiya oʻrinlarini 30 tadan 100 taga oshirganini ham maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер