Oʻzbekiston — Vengriya hamkorligiga 30 yil toʻldi

10:09 04 Mart 2022 Siyosat
960 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabrikdilar.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maktubida soʻnggi yillar Oʻzbekiston — Vengriya munosabatlarining barcha sohalarda va turli darajalarda jadal yuksalish davriga aylangani qayd etilgan.

Oʻzbekiston tomoni Vengriya bilan siyosiy, parlament, iqtisodiy va taʼlim sohalarida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani maʼlum qilindi.

Oʻz navbatida, Peter Siyarto Oʻzbekiston Vengriyaning strategik sherigi ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

“Biz umumiy madaniy-tarixiy meros hamda oʻzaro hurmat, ishonch va doʻstlik kabi qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashni maqsad qilganmiz”, — deyiladi Vengriya tashqi siyosat idorasi rahbarining maktubida.

Vazirlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekiston va Vengriya xalqlari manfaatlari yoʻlida bundan buyon ham har tomonlama rivojlanib borishiga ishonch bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер