Oʻzbekiston Venesuelani penaltilar seriyasida magʻlub etib, FIFA Series gʻolibiga aylandi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series turniri doirasida Venesuela ustidan penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.
Oʻrtoqlik uchrashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtdi. Oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi — 0:0.
Gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Oʻzbekiston vakillari 5:4 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA Series oʻrtoqlik turniri gʻolibiga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, turnirning dastlabki turida Oʻzbekiston Gabon terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring