O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasida raqamli TIR dasturi bo‘yicha dastlabki xalqaro tashuvlarga start berildi
Endilikda qog‘oz cheklovlaridan holi bo‘lgan mazkur tizim bojxona chegarasidan yuk tashish chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi rasmiylashtiruv jarayonini aniq va qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, bugungi kunga qadar Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistonda joriy etilgan TIRni raqamlashtirish loyihasi endilikda Turkmanistonda ham amaliyotga joriy etilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro yuk tashuv jarayonida qog‘ozsiz tartibni qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring