Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

17:28 28 Iyun 2023 Siyosat
1093 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

Koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori surʼat va samarali tus olgani qayd etildi.

Yurtimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon qariyb 100 ta yangi qoʻshma korxona tashkil etildi.

Joriy yil 1-iyul kunidan boshlab Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi oʻzaro savdo hajmining yanada ortishiga xizmat qiladi. Ikki mamlakat shaharlari oʻrtasida aviaqatnovlar koʻpaymoqda.

Suhbat chogʻida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер