Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Dubay shahrida oʻtayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama hamkorlik loyihalari va dasturlarini yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Global iqlim oʻzgarishlariga qarshi samarali kurashish borasidagi navbatdagi qadamlar yuzasidan fikr almashildi.
Boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring