Oʻzbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida yangi tizimga o’tadi
Oʻzbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida «E-Permit» tizimini ishga tushiradi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 2021-yilning 31-mart kuni bo’lib o’tgan norasmiy sammitidagi kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston Transport vazirligi va Turkiya transport va infratuzilma vazirligi «E-permit » ayirboshlash tizimini ishga tushirishni boshladi. Tizim yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni elektron shaklda ayirboshlashga qaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, 6-noyabr kuni Oʻzbekistondan yoʻlga chiqqan sinov avtokarvoni 10-noyabr kuni «Sarp» chegara oʻtkazish punkti orqali Turkiyaga yetib borgan. Avtokarvon Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi mutasaddilari hamda bojxona maʼmuriyati vakillari tomonidan kutib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring