Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar

19:05 14 Oktyabr 2022 Siyosat
1194 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Markaziy Osiyoda koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni roʻyobga chiqarish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan SHHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер