Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

22:46 18 May 2023 Siyosat
1143 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Sian shahrida oʻtayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 12-may kuni Toshkent shahrida oʻtgan navbatdagi yigʻilishining samarali yakunlarini yuksak baholadilar.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish boʻyicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер