Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

23:59 16 Fevral 2023 Siyosat
1033 0

16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari oʻzaro savdoni koʻpaytirish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qoʻshma Loyihalar ofisi doirasida ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Shu maʼnoda, «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro koʻrgazmasi va Oʻzbekiston-Rossiya hududlar forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Ikki davlat yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер