Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

23:38 06 Oktyabr 2023 Siyosat
1069 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Keng koʻlamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini taʼsis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini oʻzaro tan olish, “Agroekspress” tezkor temir yoʻl tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimlar, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024-2025-yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik boʻyicha hujjatlar shular jumlasidan.

Ushbu kelishuvlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni bir qator istiqbolli yoʻnalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер