Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi aviareyslarning jadvali va narxlari maʼlum qilindi

14:42 07 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
4261 0

Bu haqda “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmat xabar berdi.

Unga koʻra, aviaqatnovlar jadvali quyidagicha koʻrinish olgan:

• Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – har kuni, kuniga 4 ta qatnov;

• Samarqand - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 3 marotaba seshanba, payshanba va yakshanba kunlari (09, 12, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 30-sentyabr);

• Termiz -Moskva (Domodedovo) - haftada bir marotaba chorshanba (08, 15, 22, 29-sentyabr).

Qoʻshimcha ravishda “Uzbekistan Airways Express” qatnovlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

• Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – dushanba va juma kunlari (10, 13, 17, 20, 24, 27-sentyabr);

• Qarshi-Moskva (Domodedovo) – haftasiga bir marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23, 30-sentyabr);

• Urganch - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (11, 14, 18, 21, 25, 28-sentyabr);

• Buxoro - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentyabr);

• Fargʻona - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba, chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentyabr);

• Namangan - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (07, 11, 14, 18, 21, 25, 28-sentyabr).

“Uzbekistan airways” AJ da bir tomonga parvoz narxi 3 899 000 soʻmdan*

“Uzbekistan Airways Express” yoʻnalishi boʻyicha bir tomonga 1 502 000 soʻmdan*.

Shuningdek, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan Airways Express” Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshiradi:

• Toshkent-Qozon-Toshkent haftasiga 3 marotaba dushanba, seshanba va juma kunlari (10, 13, 14, 17, 20, 21, 24, 27 va 28-sentyabr) 3 933 000 soʻmdan*;

• Toshkent-Mineralnыye Vodы-Toshkent haftasiga bir marotaba dushanba kunlari (13, 20 va 27-sentyabr) 1 565 000 soʻmdan* (“Uzbekistan Airways Express”);

• Toshkent-Rostov-na-Don-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va shanba kunlari (08, 11, 15, 18, 22, 25 va 29-sentyabr) 1 533 000 soʻmdan* (“Uzbekistan Airways Express”);

• Toshkent-Krasnodar-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari (10, 14, 17, 21, 24 va 28-sentyabr) 1 732 000 soʻmdan* (“Uzbekistan Airways Express”);

• Toshkent-Sochi-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentyabr) 3 939 000 soʻmdan*;

• Toshkent-Yekaterinburg-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentyabr) 3 922 000 soʻmdan*;

• Toshkent-Novosibirsk-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va payshanba kunlari (09, 14. 16, 21, 23 va 28-sentyabr) 3 926 000 soʻmdan*.

Oʻzbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga aviaqatnovlar:

• Namangan – Yekaterinburg – Namangan haftasiga 1 marotaba chorshanba kunlari (08, 15, 22 va 29-sentyabr) 3 544 000 soʻmdan*

• Namangan – Novosibirsk – Namangan haftasiga 1 marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23 va 30-sentyabr) 3 547 000 soʻmdan*

• Namangan – Qozon – Namangan haftasiga 1 marotaba juma kunlari (10, 17, 24-sentyabr) 3 428 000 soʻmdan*

*narxlar bir tomonga koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер