Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning oʻsish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham koʻrib chiqdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring