Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Foto: president.uz
10-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va boʻlajak qoʻshma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
Prezident Toqayev Qozogʻiston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston yetakchisi halok boʻlganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tiladi.
Tomonlar birodar Qozogʻiston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring