Oʻzbekiston va Qozogʻiston diniy idoralari hamkorligida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

18:04 27 Noyabr 2023 Siyosat
183 0

Ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik koʻplab sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham izchil rivojlanib, birodarlik yanada mustahkamlanmoqda.

Xususan, ikki davlat diniy idoralari hamkorligida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, moʻmin-musulmonlarning diniy ehtiyojlarini qadrlash,  birgalikda global fatvolarni ishlab chiqish, qardosh xalqlarning diniy ehtiyojlarini toʻgʻri taʼminlash borasida samarali ishlar qilinmoqda.  

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli janoblari bilan uchrashuv oʻtkazdi, deyiladi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.  

Samimiy muloqot chogʻida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozogʻiston bosh muftiysi Navroʻzbay hoji janoblariga Toshkent, Buxoro shaharlaridagi nufuzli tadbirlar va xalqaro konferensiyalarda faol ishtiroklari uchun tashakkur aytib, qozogʻistonlik ulamolarning xalqaro forumdagi chiqishlarini yuqori baholadilar.  

Muloqotda Oʻzbekiston tomonining Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralar rahbarlari kengashi huzurida Fatvo hayʼatini tuzish taklifining amaliy ahamiyati juda yuqori ekaniga urgʻu qaratildi. Mazkur hayʼat global masalalardagi fatvolar loyihasini ishlab chiqish, fatvo idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar bilan shugʻullanishi bilan yanada ahamiyatli ekaniga eʼtibor qaratildi.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер