Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari amaliy hamkorlik loyihalarini jadallashtirish muhimligini taʼkidladilar

20:16 28 Iyun 2023 Siyosat
1595 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Telefon muloqoti avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlmish Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan bir-birini dildan qutlab, ikki mamlakat xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladilar.

Samarqandda oʻtgan oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqani va aniq mazmun bilan boyitgani haqida yakdil fikr bildirildi.

Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qabul qilingan qoʻshma qarorlar ijrosining borishini koʻrib chiqdilar. “Yashil” energetika, moliya, infratuzilma, transport va logistika, qurilish va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер