Oʻzbekiston va Niderlandiyaning inson huquqlari sohasidagi hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi

10:28 27 Yanvar 2024 Jamiyat
548 0

2024-yilning 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Niderlandiya Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Niko Sxemers bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.

Elchi Niderlandiya va Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi tajribasiga toʻxtalar ekan, har ikkala davlatda ham oʻlim jazosining bekor qilinganiga urgʻu berdi. “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻlim jazosi taqiqlangani mamlakatingizda inson hayotining oliy qadriyat ekanligini koʻrsatdi. Niderlandiya Qirolligi dunyo hamjamiyatini ham shunga targʻib qiladi va bu borada Oʻzbekistonni saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqiradi. Shuningdek, har ikkala davlat Ombudsmanlari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanligimni bildiraman”, - dedi Elchi Niko Sxemers.

Oʻzaro muloqot davomida Markaziy Osiyo davlatlaridagi inson huquqlari milliy institutlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер