Oʻzbekiston va Latviya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga hozirlik koʻrmoqda

17:44 28 Iyul 2023 Siyosat
335 0

Oʻzbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Latviya Transport vazirligi parlament kotibi, Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Kaspars Gerxards bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama sarmoyaviy, iqtisodiy, transport-logistika sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, shuningdek, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, iyun oyida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Latviya siyosiy maslahatlashuvlarining yakunlari muhokama qilindi.

Latviyalik hamrais mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi darajasini yuqori baholadi. U, shuningdek,  Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni  qayd etdi.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha Toshkent shahrida hukumatlararo komissiya yigʻilishini tashkil etish masalasini birgalikda oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Kaspars Gerxards tarkibiga mamlakatning asosiy vazirliklari hamda ishbilarmon doiralari vakillari kirgan Latviya delegatsiyasiga rahbarlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер