Oʻzbekiston va Indoneziya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Dubay shahridagi BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalardagi oʻzaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi.
Samarali hamkorlikni, shu jumladan savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring