Oʻzbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qoʻshma maktabni ochib berdi

12:12 16 Sentyabr 2024 Siyosat
688 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols qoʻshma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamgʻarmasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil maʼlumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер