Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻllarini muhokama qildilar

09:55 09 Noyabr 2023 Siyosat
194 0

Poytaxtimizda oʻtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama savdoda oʻsish surʼati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni toʻliq roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi, logistikada oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini koʻrsatib oʻtdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afgʻonistondagi bugungi vaziyat nuqtayi nazaridan koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер