Oʻzbekiston va Chexiya farmatsevtika sohasida uzoq muddatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi va Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha Chexiya savdo-sanoat palatasi koʻmagida Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda Chexiyaning “Dr. Muller Pharma” kompaniyasi vakillari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi.
“Dr. Muller Pharma” dori vositalari, tibbiyot mahsulotlari, biologik aktiv qoʻshimchalar va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yevropa, Afrika va Osiyoning 40 dan ortiq davlatlariga oʻz mahsulotlarini eksport qilib keladi.
Kompaniya vakillari Andrea Veris va Irina Filipi muzokaralar davomida Oʻzbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini, jumladan, farmatsevtika sohasini oʻstirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi hamda farmatsevtika sanoatida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlikni qayd etdi.
Muzokaralar yakunlarida Chexiya tomoni, xususan, mamlakatimizdan dori-darmon va kosmetika mahsulotlarini tayyorlash uchun xom ashyo yetkazib berish boʻyicha Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring