O‘zbekiston va Belarus harbiy hamkorlik bo‘yicha bitim imzolaydi 

16:26 27 Mart 2018 Jamiyat
1852 0

Belarus va O‘zbekiston harbiy hamkorlik bo‘yicha ikkitomonlama bitim imzolaydi.

Belarus mudofaa vazirligi matbuot xizmatining yozishicha, bugun ushbu davlat mudofaa vaziri Andrey Ravkovning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. Safar chog‘ida vazir O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi bilan uchrashadi, shuningdek, O‘zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi. Bularning davomida harbiy hamkorlik bo‘yicha ikkitomonlama bitim imzolanadi.

Shuningdek, A. Ravkov rasmiy tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bilan tanishi ham ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер