Oʻzbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi
“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi joriy yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini yuklash uchun Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
Toshkentda “Oʻzbekneftgaz” rahbariyati va Petronas Çarigali delegatsiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu masala muhokama qilindi. Tomonlar birgalikda neftni yetkazib berish dasturini tayyorlashga kelishib oldilar.
Petronas Çarigali Kaspiy dengizining Turkmaniston shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. Bu Malayziyaning Petronas neft va gaz kompaniyasining shoʻba korxonasidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring