Oʻzbekiston-Turkmaniston sammiti koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish va birodar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bosqich boʻladi
Foto: president.uz
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.
Kecha davlat rahbarlari “Koʻksaroy” qarorgohida samarali muzokaralar oʻtkazib, ularda koʻp qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Bugun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.
Umuman, Serdar Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga koʻra ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan muhim voqea boʻldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kuzatib qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring