Oʻzbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi

17:28 17 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
3300 0

Oʻzbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi. Bu haqda “Oʻzagroeksport” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonda joriy yilda 200 ming tonna hoʻl qalampir hosili kutilmoqda, ushbu mahsulot quritilganidan soʻng oʻrtacha 50-60 ming tonnani tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil maʼlumotlariga koʻra dunyoda achchiq va shirin qalampirni ishlab chiqarish hajmi 3 mln 500 ming tonnani tashkil qildi. Quritilgan qalampirning jahondagi oʻrtacha narxi mavsumga qarab 1 kg. mahsulot uchun 1,5 dollardan 3 dollargacha baholanadi.

Qalampirning yetishtirish agrotexnologiyasining xususiyatidan kelib chiqib hosil 4-5 marotaba terib olinadi. Terib olingan hosil xarajatsiz asosan tabiiy xolda quritiladi. Quritilgan qalampir uzoq muddat saqlanishi mumkin va talabga qarab yanada qimmatroq sotish imkoniyati mavjud.

“BigAgro” kompaniyasi dehqon va fermerlardan qalampirni sotib olishdan tashqari ushbu mahsulotga ishonch bildirgan holda 2000 gektar yerga xorijdan urugʻ olib kelib ekdi.

“Nov Agro” kompaniyasi esa 600 gektar yerga achchiq qalampir ekib xosilini terib olmoqda va undan 10 ming tonnasini eksportga yoʻnaltirish uchun shartnomalarga ega.

Bugungi kunda Namangan viloyatining “Mingbuloq Meva-sabzavot Agroeksport” MCHJ kompaniyasida Turkiyaga 35 ming, Xitoyga 10 ming tonna qalampir eksportini amalga oshirish boʻyicha shartnomalar imzoladi. Shuningdek bir qancha boshqa korxonalarda xam qalampir eksporti shartnomalari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер