Oʻzbekiston — Tojikiston hukumatlari delegatsiyalari Dushanbeda uchrashdi

13:28 23 Iyul 2023 Siyosat
580 0

Joriy yilning 22-iyul kuni Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumati delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida oʻtgan yigʻilishda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

Tojikiston Oʻzbekistonning yaqin qoʻshnisi, vaqt sinovidan oʻtgan doʻsti, ishonchli strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon oʻrtasida oʻrnatilgan doʻstona va ishonchli munosabatlar rivojlanishning mutlaqo yangi dinamikasiga ega boʻlgan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor boʻlmoqda.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Davlatlarimiz rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari oldiga kun tartibini yangi loyihalar bilan toʻldirish vazifasini qoʻygan.

Tomonlar mazkur vazifaga birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan erishish mumkinligini qayd etdi.

Oʻzaro savdo koʻrsatkichlari oʻsib bormoqda. Davlatlarimiz rahbarlari kelgusida uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha aniq vazifa qoʻygan.

Uchrashuvda maʼlum qilinishicha, “Oybek” – “Fotexobod” oʻtkazish punktlarida “Oʻzbekiston – Tojikiston” xalqaro chegara savdo zonasini tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan.

Shuningdek, delegatsiyalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika sohalarida oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish, transport va logistika masalalaridagi hamkorlikni izchil chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari tomonidan tegishli bayon imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер