Oʻzbekiston toʻrt oyda 113,7 mln. AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan yengil avtomobillar import qilgan.
2021-yilning oʻtgan 4 oyi mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 39,5 mln.
Koreya – 30,4 mln.
Rossiya – 22,1 mln.
Tailand – 6,6 mln.
Germaniya – 3,3 mln.
Polsha – 3,1 mln.
AQSH – 2,8 mln.
Yaponiya – 1,8 mln.
Qozogʻiston – 1,7 mln.
Litva – 1,1 mln.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring