“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yaqin kelajakda yangi elektrichkalarni sotib olish rejalashtirilmoqda

21:43 05 May 2021 Iqtisodiyot
998 0

Hozirgi kunda, Xitoy, Janubiy Koreya, Belorussiya va Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan bu turdagi harakat tarkiblarning texnik xususiyatlari va narx siyosati batafsil oʻrganib chiqilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda quyidagi yoʻnalishlarda elektropoyezdlar harakatlanadi:

Toshkent – Xojikent, Toshkent – Xovos, Toshkent – Guliston, Toshkent – Bekobod, Toshkent – Angren, Toshkent – Sirdaryo.

2020-yilning yozidan boshlab esa Fargʻona vodiysidagi elektrlashtirilgan halqa temir yoʻli Namangan – Andijon – Margʻilon – Qoʻqon yoʻnalishi boʻyicha ham elektropoyezdlar harakati yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер