Oʻzbekiston Tatariston bilan elektropoyezd va metro vagonlari ishlab chiqarishi mumkin
Oʻzbekiston Tatariston bilan hamkorlikda elektropoyezdlar, yoʻlovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ilhom Mahkamov Tatariston bosh vaziri oʻrinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
“Uchrashuvda transport mashinasozligini rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, oʻzaro hamkorlikda elektropoyezdlar, yoʻlovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur lokalizatsiya qilish bilan bogʻliq jihatlar ham koʻrib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring