Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar qaysilar?
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 59,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar quyidagilardir(AQSH dollarida):
- Xitoy – 11,4 mlrd;
- Rossiya – 9,4 mlrd;
- Qozogʻiston – 3,5 mlrd;
- Turkiya – 2,2 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,3 mlrd;
- Afgʻoniston – 1,1 mlrd;
- Fransiya – 1,1 mlrd;
- Hindiston – 961,1mln;
- Germaniya – 957,6 mln;
- BAA – 937,8 mln.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring