Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy 7,5 milliard dollar miqdoridagi koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egalladi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning yanvar-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy 7,5 milliard dollar miqdoridagi koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egalladi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu davr oraligʻida Xitoy bilan eksport 2,2 milliard dollarga, import esa 5,3 milliard dollarga teng boʻldi.
Undan keyingi oʻrinlardan tashqi savdo aylanmasidagi 7,4 milliard va 3,7 milliard dollar bilan Rossiya va Qozogʻiston joy oldi.
Boshqa davlatlar kesimidagi koʻrsatkichlar quyidagicha: Turkiya - 2,7 milliard, Janubiy Koreya - 1,9 milliard, Qirgʻiziston - 990 million, Germaniya - 870,4 million, Turkmaniston - 614 million, Afgʻoniston - 586,5 million, Hindiston – 559,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring