Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri va Turkiya kompaniyasi rahbari Anqarada energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Anqara shahrida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruv raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashdi.
“Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Biz energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Mazkur kompaniya Oʻzbekiston hududlarida energetika quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etmoqda”.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi ishtirok etish uchun kelgan “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengizni qabul qildi. Uchrashuvda boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yoʻnalishlarda, shu jumladan energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring