Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi TIV rahbarlarining toʻrtinchi uchrashuvida ishtirok etdi

09:58 01 May 2023 Siyosat
543 0

Kecha Sian shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining toʻrtinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TIV maʼlumotiga koʻra, tadbirda Oʻzbekiston, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari hamda Turkmaniston vazir oʻrinbosari darajasida vakili ishtirok etdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Vazirlar uchrashuvida 2023-yil may oyida Sian shahrida davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo + Xitoy” sammitini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida press-brifing oʻtkazildi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻz nutqida ushbu format mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish uchun muhim platforma ekanligini taʼkidladi. Ushbu mintaqaviy muloqotning ustuvor yoʻnalishlariga savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar yoʻnalishlar kiradi. Ishbilarmon doiralar vakillarining faol ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari va XXR oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish mavjud salohiyatdan samarali foydalanish imkonini berishiga ishonch bildirildi.

Brifingda ishtirokchi mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etib, vazirlar uchrashuvi yakunlari boʻyicha oʻz bayonotlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan oʻz pozitsiyalarini bildirdilar.

Xususan, Xitoy Davlat Kengashi aʼzosi va tashqi ishlar vaziri Sin Gan oʻz nutqi davomida Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u tomonlar bir-birlarining milliy manfaatlarini hurmat qilishlarini va tashqi kuchlarning ichki ishlarga aralashishiga yoʻl qoʻymasligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер