Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHT Parlament assambleyasi raisi bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yilning 1-dekabr kuni Lodz shahrida boʻlib oʻtayotgan YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) raisi Margarita Sederfelt bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston TIV rahbari M.Soderfeltni joriy yilning iyul oyida assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi palatalari va YXHT PA oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Vladimir Norov YXHT Parlament Assambleyasi raisiga Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan jadal va keng koʻlamli demokratik islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirishdan iborat.
2023-yilda Oʻzbekistonda YXHT PAning kuzgi sessiyasini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring