Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT DIIHBning mamlakatimiz prezidentligi uchun saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti YXHT DIIHBning Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari, elchi Ursula Gachek bilan uchrashdi.
«Bugun Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Ursula Gachek Xonim Oliyalari bilan uchrashishdan mamnun boʻldik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Hamkorligimiz yuzasidan samarali fikr almashdik va DIIHB kuzatuvchilar missiyasining boʻlajak Prezident saylovida ishtirok etishini muhokama qildik».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring