Oʻzbekiston tadbirkorlari Hindistonda oʻtkazilgan gilamchilik koʻrgazmasida ishtirok etdilar
Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Hindiston hukumati Savdo hamda Toʻqimachilik vazirliklari koʻmagida Gilam eksportini qoʻllab-quvvatlash kengashi tomonidan 2001 yildan buyon yiliga ikki marta mamlakatning turli shaharlarda oʻtkazib kelinadigan ushbu yarmarka gilamchilik, xususan, qoʻlda toʻqilgan gilamlar sohasida Osiyodagi eng yirik iqtisodiy tadbirlardan biri hisoblanadi.
Tashkilotchilarning maʼlumotlariga koʻra, yarmarkada 300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi. 10 ming nafardan ortiq kishi, jumladan, dunyoning salkam 50 mamlakati vakillari ushbu yarmarka ishi bilan tanishdi.
Tadbir doirasida oʻzbekistonlik tadbirkorlar Hindistonning gilam ishlab chiqarish sohasidagi yirik kompaniyalari bilan “B2B” shaklida uchrashuvlar oʻtkazishgani barobarida ishtirokchi va xaridorlarga mamlakatimizning gilamchilik sohasidagi salohiyatini hamda oʻzbek gilam toʻquvchilarining mahoratini namoyish etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring