Oʻzbekiston suyultirilgan gaz yetkazib berishda monopoliyaga barham berishni rejalashtirmoqda

00:07 06 Yanvar 2022 Jamiyat
1395 0

Oʻzbekiston suyultirilgan gaz yetkazib berishda monopoliyaga barham berishni rejalashtirmoqda, bu haqda “Yangi Oʻzbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida”gi loyihada aytildi.

Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotga davlat aralashuvini kamaytirish va xususiy sektor uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida mutlaq huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish yoʻli bilan 25 dan ortiq faoliyat turida monopoliyaga barham berish mumkin, xususan:

2022-yilda – 14 turdagi faoliyat, jumladan, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlar, shuningdek sertifikatlashtirish xizmatlari;

2023 - 2025-yillarda – 11 faoliyat turi, jumladan, neft mahsulotlarini saqlash xizmatlari, temir yoʻl transporti sohasida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish, aeroport va terminal komplekslarini ekspluatatsiya qilish, qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash, temir yoʻl transporti ekspeditsiyasi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер