Oʻzbekiston suveren kredit reytingi bahosi “B1”dan “Ba3”ga oshdi
“Moodyʻs” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston suveren kredit reytingi bahosini “B1”dan “Ba3”ga oshirdi.
“Moodyʻs” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston Respublikasiga bagʻishlangan navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakatimizning kredit reyting bahosi “B1” (ijobiy kutilma)dan bir pogʻona yuqoriga “Ba3” (barqaror kutilma)ga oshirildi.
Agentlik hisobotiga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsishi 5,0 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring