Oʻzbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

14:19 21 Fevral 2023 Siyosat
828 0

Bugun, 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr koʻrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.

Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʻtqasi, adyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar toʻplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

Insonparvarlik yuki yordami koʻrinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Oʻzbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер