Oʻzbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi

21:55 07 Yanvar 2024 Jamiyat
463 0

Oʻzbekiston Statistika agentligi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi yaratildi.

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, uning negizida siat.stat.uz Oʻzbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi.

Natijada rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida soʻrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi.

Portal rasmiy statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga qulay koʻrinishda taqdim etish maqsadida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan maʼlumot va metamaʼlumotlarni elektron almashinishning SDMX standarti talablarini toʻliq inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Shuningdek, portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik koʻrsatkichlar joylashtirildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik koʻrsatkichlarni 5 xil formatda yuklab olish hamda integratsiya yoʻli bilan tizimga ulanish yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston statistika portalidan oʻzbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер