Oʻzbekiston-Slovakiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi
4-mart kuni Bratislava shahrida Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Dilshod Rasulov Slovakiya Savdo-sanoat palatasi raisi Peter Mixok bilan ishbilarmonlar kengashini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Bu hamkorlik ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shu bilan birga, shu yilning aprel oyida Slovakiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirildi. Tashrif doirasida biznes forumi hamda “B2B” uchrashuvlar oʻtkazilishi belgilandi.
Taʼkidlash joiz, Slovakiya Savdo-sanoat palatasi 1992-yilda tashkil topgan boʻlib, yetakchi biznes uyushmalaridan biri hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring