Oʻzbekiston sentyabr oyida qariyb 35 ming tonna uzum eksport qildi

09:24 11 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1047 0

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, qiymati 84,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga koʻp.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston uzumni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 39,1 ming tonna

Qozogʻiston – 34,3 ming tonna

Qirgʻiz R. – 12,3 ming tonna

Belorus – 317,1 tonna

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oyida eng koʻp uzum eksport qilgan hududlar:

Toshkent viloyati – 24,3 ming tonna

Fargʻona viloyati – 22,2 ming tonna

Namangan viloyati – 9,5 ming tonna

Xorazm viloyati – 6,6 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер