Oʻzbekiston Rossiyaga yangi navli qulupnay eksport qilmoqchi

06:32 12 Aprel 2022 Iqtisodiyot
985 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2-3 yildan soʻng Rossiyaga “Tong ifori” navli qulupnayni yetkazib berishni boshlash rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, oʻzbek olimlari shu yilning mart oyida qulupnayning yangi navi — “Tong ifori”ni yaratishdi. “Bu qulupnay navi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari orasida katta talabga ega boʻla boshladi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilda Oʻzbekiston chetga umumiy hajmi 949,34 ming dollar boʻlgan 464 ming tonnadan ortiq qulupnay eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер