Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Mashrab Kimsanov “Vodiylik kelin”, “Olovli yoʻllar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi” kabi koʻplab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor “Togʻlik kuyov” filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring