Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar
Oʻzbekiston bilan Koreya oʻrtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Marosim xalqlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va oʻzaro anglashuv mustahkamlanayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining Oʻzbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qatʼiy intilishining ramziy ifodasi boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring